Kuni kecha 2 marta on-line suxbatni san’atkorlar xamda muxlislar bilan o’tkazishga muyassar bo’ldik.Shok shouni ma’nosi yulduzlarni shokka tushirish.Bunda albatta sizlarni hissangiz katta. Avvalambor bizga shunday imkoniyat xamda moddiy yordam qilganingiz uchun o’zimiz xamda muxlislar,san’atkorlar nomidan minnadorchilik bildirmochiman. On-line juda katta xamda qiziqarli o’tdi. Muxlislarni ko’paytishirish xamda saytimizga doim kirib turishlari uchun xar xil loyixalarni o’ylab topishga harakat qilmoqdamiz. Yaqinda saytimizda on-line suxbatning rasmlari xam chiqadi. Rasmlarning kech chiqish sababi fotoapparat birovniki, bizda esa hozircha bunday imkoniyat yo’q. Agarda fotoapparatimiz bo’lganida rasmlar xam vaqtida chiqqan bo’lar edi. Konferensiya boshlanishidan oldin eng faol muxlislarga katta sovg’amiz bor deb aytgan edik. Endi esa Yulduzli Tog’ shouni keyingi haftatalarga mo’ljal qildik. Bu shouga albatta mashhurlarni taklif etdik. Asal Shodiyeva,Davron Zaynutdinov,Dineyra,Shaxzoda Matchonova,Mustafo, Adiz Rajabov va boshqalarni. O’zlaymizki shou xam saytimizni obro’sini oshiradi. Chunki bunday loyixalar faqat bizda eksklyuziv. Uning ustiga eng faol muxlislarni xam olib ketmoqchi edik. Sayt sovg’asi sifatida Sayt muxlislariga bu katta sovg’a bo’lsa kerak chunki yulduzlar bilan birga tog’da dam olish ular uchun ajoyib bo’lsa kerak. Buni ko’rgan boshqa foydalanuvchilar xam faol bo’lishga xarakat qilishadi.Shunga sizning fikringizni bilmoqchi edik. Agar iloji bo’lsa moddiy tomondan xam bizga yordam bersangiz. Bu loyixa xonanda Sevda bilan xamkorlikda bo’lishi rejalashtirilgan. Tog’ga esa keying hafta payshanba kuni bormoqchimiz. Yana Sayt konserti haqidagi ma’lumotni tez kunda tanishasiz!Bestmusic.uz saytida xam bizning bannerimiz chiqdi.