CrawlCatcher
Сеть твоих интересов! Сообщайся!
Вы на сайте:
Senseti Inc.
   
Блоги

 Shunday qilib, may oyida...

1)      57 kishi ro‘yxatdan o‘tdi  va oylik reja bajarildi.. Hamjamiyatning ro‘yxatdan o‘tgan umumiy foydalanuvchilari soni esa 370 kishiga yetdi.

2)      Oy davomida foydalanuvchilarning istaklari bo‘yicha materiallar qo‘yildi, shuningdek, turli sanalariga bag‘ishlangan postlar ham esdan chiqarilmadi. Bu oyda foydalanuvchilarim Shohh va Ali_matrix dardlashamiz blogida o‘zlarini qiziqtirgan mavzuda post joylashtirishdi. Ularga katta rahmat! Matnlar bo‘yicha simvollarning umumiy soni may oyida – 150412 tani tashkil etdi.

3)      Facebook va Twitter da Shifomaniyani piar qilish ishlari deyarli har kuni olib borildi, Facebook dagi Shifomaniya guruhi a’zolarining soni ham ko‘payib bormoqda.

4)      Piar borasida http://metube.uz/ sayti bilan hamkorlik davom ettirilmoqda. Iyun oyidan Internet Reklama Tizimi SIR.uz ga a’zo saytlarda ham reklama bannerlarimiz chiqa boshlaydi.  

5)      Endi foydalanuvchilarning materiallarni prosmotr qilishi borasida biroz to‘xtalamiz. Oxirgi majlisda qanday materiallar foydalanuvchilarni qiziqtirganini tahlil qilish gapirib o‘tilgandi. May oyida Shifomaniyaga joylashtirilgan materiallar asosan foydalanuvchilarning iltimosi bo‘yicha nashr etilgani bois, prosmotrlar soni kamida 60 ni tashkil etdi (Munajjimlar bashorati bundan mustasno). Eng ko‘p prosmotr – bir haftada 170 martan ko‘p ko‘rilgan material sifatida “Bo‘yni o‘stiramiz” materialini qayd etish mumkin (buni maxsus kuzatib bordim). Manimcha, prosmotrlarning ko‘p bo‘lganligi bu muammo ko‘pchilikni qiziqtirgani (iltimos bo‘yicha joylashtirilgan material) va postda kompyuterga yuklab olinadigan bo‘y o‘stirish bo‘yicha Berg metodikasining berilganligidir. Shu bois, iyun oyidan boshlab, yangi Kompyuter uchun dasturlar blogiga ana shunday salomatlik va go‘zallik dasturlarini berib borishni rejalashtirdim. Bu yaxshi natija beradi, degan umiddaman.  

6)      Saytdagi kamchiliklarga to‘xtaladigan bo‘lsam, yangiliklar va maqolalar ruknida materiallar joylashtirganda interval chala ishlayapti. Bloglarda bu xatoni tuzatish mumkin, ammo yuqorida tilga olingan bo‘limlarda iloji bo‘lmayapti.

7)      Bu hisobotni o‘qiydiganlardan kichik bir iltimosim bor edi: Shifomaniya hamjamiyati haqida fikrlaringizni bildirsanglar, qanday kamchiliklari bor, nimalar qilinsa, sayt va uning foydalanuvchilari uchun yaxshiroq bo‘lardi? Oldindan rahmat!


Просмотров: 429
 | 
 | 
     
 | 
Голосов: 1
 | 
Комментарии:


Для добавления комментария, вам необходимо войти или зарегистрироваться
Request Time: 1.425s.