Iyun oyida Shifomaniya saytida...
1) 62 kishi ro‘yxatdan o‘tdi va oylik reja bajarildi.. Hamjamiyatning ro‘yxatdan o‘tgan umumiy foydalanuvchilari soni esa 400 dan oshdi.
2) Oy davomida tematik reja bo‘yicha hamda foydalanuvchilarning istaklariga ko‘ra materiallar qo‘yildi, shuningdek, turli sanalariga bag‘ishlangan postlar ham esdan chiqarilmadi. Matnlar bo‘yicha simvollarning umumiy soni iyun oyida – 150 mingdan oshdi.
3) Afsuski, bu oyda foydalanuvchilarim orasida material joylashtiradiganlari topilmadi. O’zi iyun oyi ba’zi bir texnik sabablarga ko‘ra (viloyatda internetning yaxshi ishlamasligi tufayli) Shifomaniya sayti uchun pastga tushish oyi bo‘ldi. SIR.uz dagi reklamamizni amalga oshira olmadik. Ammo, xudo xohlasa, iyul oyida SIR da piarni kuchaytiramiz.
4) Ammo shunga qaramasdan, saytga kelayotgan xatlar soni oshib bormoqda. Savollar har xil. Ularga sayt orqali yoki individual tarzda elektron pochtalariga javob yozib boryapman.
5) Bundan tashqari, Facebook va Twitter da Shifomaniyani piar qilish ishlari deyarli har kuni olib borilmoqda.
6) Afsuski, kompyuter dasturlarini joylashtirishimiz ham yaxshi natija bermadi, manimcha buning sababi, ularni oldin o‘zim skachat qilib olib, keyin joylashtirishim kerak edi. Bu ishni boshqa birovga iltimos qilib qildirganim pand berdi, deb o‘ylayman. Bu xato boshqa takrorlanmaydi!
Endi saytdagi kamchiliklar haqida: tahrir qilishda yana oshibkalar chikyapti, interval ishlamayapti, materialni yangidan joylashtirish esa, ancha vaqtni oladi.