CrawlCatcher
Сеть твоих интересов! Сообщайся!
Вы на сайте:
Senseti Inc.
   
Блоги

 Iyun oyining birinchi o‘n kunligida Shifomaniya hamjamiyatidagi holatni tahlil qiladigan bo‘lsak, 

saytga kirishlar soni hozircha o‘zgarmasdan turibdi (kuniga o‘rtacha 100-120 kishi). Bu davrda foydalanuvchilarni qiziqtirish uchun eng yaxshi maqolalarning kichik bannerlari tayyorlanib, saytning tepasiga qo‘yildi. Ularni har haftada almashtirib turishni rejalashtirganman.

 

Eng yaxshi yangilik – bu saytda o‘zi maqolalarni joylashtirib turadigan yangi foydalanuvchi tohir999 paydo bo‘ldi. U ikkita yaxshi maqola joylashtirdi. Man uni qo‘llab-quvvatlab, ushlab turishga harakat qilyapman. Sharhlar orqali bir-birimiz bilan muloqot qilyapmiz. Unga joylashtirgan maqolasi bo‘yicha turli savollar berib, muloqotga chorlayapman. Uning o‘zi ham qiziqib, manga sharh ko‘rinishida javob yozyapti.

 

Ko‘pchilik manga u yoki bu kasallikni qanday dvolash mumkin, degan savol bilan murojaat qiladi (savollarni saytning pasportida yozib qo‘yganman). Shu savollar bo‘yicha ularga javob yozib, material tayyorlab saytga joylashtirishga harakat qilyapman.

 

Shu hafta o‘rtalarida SIR da reklamam ketadi. Hozir shu reklama uchun yaxshi banner tayyorlash ishlari bilan bandman. Bundan tashqari, saytimning reklamasini sinalgan, an’anaviy tarzda olib boryapman: facebook, twitter va shu haftadan boshlab, yangi maqolalarni foydalanuvchilarga rassilka ko‘rinishida jo‘nataman. Bu ishni bundan oldin qilmaganimning sababi – odamlar reklama spamlarini yoqtirishmaydi, man o‘zim ham pochtamga kelgan bunday spamlarni ochmasdan o‘chirib tashlayman. Ammo endi bir sinab ko‘rmoqchiman.  Hozircha shu, natijani keyingi haftada yozib qoldiraman.     

Aytgancha, bitta narsani so'ramoqchi edim, o'tgan haftada (qaysi kunligi esimda yo'q) kore-saram saytiga kirganlar soni 2 mingdan oshib ketuvdi, bu faqat bir kun bo'ldi. Bu saytdagilar nima qilishuvdi o'zi?


Тэги: go'zallik, hisobot, salomatlik, shifo, shifomaniya, tahlil 13.06.2011, 10:07
Просмотров: 267
 | 
 | 
     
 | 
Голосов: 1
 | 
Комментарии:
20 июня 2011 г. 10:23

Sayt rivojlanishi uchun qilingan harakatlaringizni kuzaytib bormoqdamiz va albatta ularni ko'rib doim quvonamiz

Ayniqsa Dardlashamiz blogida foydalanuvchilar endi o'zlari ham sizga murojaat qilishganlari odamni xursand qiladi.

Kore-saramga kelsa, uni bitta maqolasi qaysidir netda o'tirgan odamga yoqib qopti va u ssilkani hamma do'stlarga tavsiya qilganligi uchun o'sha kuni xostlarning soni adashmasam 2000 ga yetdi. shu sababli ham agar biz ham o'z bloglarimizda ko'proq do'stlarni ortirsak, biz ham shu kabi yutuqlarga ega bo'lamiz 

7 июля 2011 г. 16:05

 Rahmat !



Для добавления комментария, вам необходимо войти или зарегистрироваться
Request Time: 1.744s.