Hisobotdan oldin hamjamiyatni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar tahlilini o‘tkazmoqchi edim...
Saytga kirishlar sonini oshirish maqsadida bundan oldin aytib o‘tganimday sir.uz sayti bilan hamkorlik qilib, ularda reklama berishga qaror qildim. Bilmaganlar uchun: sir – internet reklama tizimi bo‘lib, o‘ziga hamkor saytlarda reklama joylashtiradi. Hamjamiyatning ikki xil bannerini qildik va bannerlar moderatsiyadan keyin belgilab chiqilgan saytlarga joylashtirildi. Reklama bir hafta davomida berib borildi. Quyida saytlarda chiqqan Shifomaniya reklamasidan namunalar:



Ammo natija kutilganiday bo‘lmadi. Bunga yoz – “mertviy sezon” sababchi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Shu bois sir reklamasini kuzga qoldirdim.
Kirishlar sonini oshirish maqsadida yana bir usulni qo‘llashga qaror qildim. Bu 7-10 kun ichida hamjamiyatga joylashtirilgan maqola va yangiliklarni hamjamiyat a’zolariga anons ko‘rinishida jo‘natish. Ammo prosto jo‘natishning o‘zi bo‘lmaydi, albatta, har bir materialga kishining e’tiborini tortadigan va uni shu materialni o‘qishga majbur etadigan sarlavha qo‘yish kerak. Bu praktikani reytingi baland ko‘pgina saytlar ham qo‘llaydi.
Rassilkani oldiniga suratlarsiz jo‘natdim, ammo keyingilarida suratlar qo‘yishga harakat qildim, shunda qiziqarliroq chiqdi. Bu metodimiz kutilgan natijani berdi, kirishlar soni ko‘paydi, ammo ikki kunga. Biroq shunday bo‘lsa-da, ushbu usulni samarali deb hisoblayman. Agar saytdagi materiallar haqiqatan ham qiziqarli va foydasi tegadigan bo‘lsa, ular albatta o‘z o‘quvchilarini topadi.
Bundan tashqari, Facebook va Twitter da Shifomaniyani piar qilish ishlari deyarli har kuni olib borilmoqda. Savollarning hammasiga javob berilyapti, biroq hamma iltimoslarni bajarishga, ya’ni foydalanuvchilar so‘ragan mavzularni yoritishga ulgurolmayapman.
Gulsumxon oldin jo‘natgan majlis yakunlarida hammamizdan “Ovoz berish” sahifasini ishga tushirishni talab qilgan edi. Shunga binoan biz Shifomaniyada hozir dolzarb bo‘lgan Ramazon oyi mavzusida ovoz berishni tashkil etdik. Ammmo bu sahifaning bitta kamchiligini ta’kidlab o‘tmoqchi edim. Bu sahifaga joylashtirilgan materiallar Asosiy sahifada chiqmaydi, uni o‘zingiz yon tomondagi kolonkada yoki tepada biror banner tayyorlab joylashtirib havola bilan qo‘yishingiz mumkin. Bu narsa foydalanuvchilar uchun noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, man o‘zim boshqa saytda mani qiziqtirgan savolga ovoz bermoqchi bo‘lsam, unga ovoz berish uchun boshqa sahifaga o‘tish talab etilsa, javob berib o‘tirmasdim, chunki har bir yangi ochiladigan sahifa – bu vaqt. Saytdagi har qanday material yoki xizmat foydalanuvchi uchun dostupniy va qulay bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Ammo bu mening fikrim, xulosa chiqarish portal ma’muriyatida...
Endi saytda uchrayotgan kamchiliklar haqida: ularni oldin ham aytib o‘tganman, lekin negadir programmistlar hali ham qilisholmayapti: 1) tahrir qilishda oshibka 500; 2) “Qidiruv” ishlamayapti.
Hisobotimiz yakunida statistika: iyul oyida saytda 61 kishi ro‘yxatdan o‘tdi va oylik reja bajarildi. Joylashtirilgan materiallar bo‘yicha znaklar 166996 ni tashkil etdi.