May oyining hisoboti bilan sizlarni tanishtirsam. Bu oyda juda ko’p yutuqlarga erishdik. Umumiy foydalanuvchilar soni 431 taga yetdi.Albatta menga bunda Dilshod Umarov yordam berdi. Misol uchun bizning saytimizni nomi Farg’ondagi Ruxsor Tv 2 marta ko’rsatildi. Shov Shuv studiyasinng konsert bannerida va biletlarida saytimiz nomi chiqdi. Bir birimizni reklama qilishga kelishdik. Xar hil saytlarda reklama qilishga urunvomiz, masalan, odnoklassniki, agent, chat, zaysev saytlarida. Kamchiliklar esa bor bu albatta muxlislar tomonidan aytilmoqda, sayt sekin ochadi,sayt qotadi, ko’p megabayt yeydi va qachon dizayn o’zgaradi degan savol bilan xar kuni murojaat qilishmoqda. Hamda ko’pgina maqolalarim yopiqqa tushib qolmoqda. Gulsumga dizayni berdik shuni iltimos saytimiga tezroq qo’yib bersangiz. Agar iloji bo’sa saytimizga doim tekinga yozib turadiganlarni mukofotlab tursangiz. Chunki ko’plar Dilshodga pul berib mendan uni uzoqlashtirishmoqda. Masalan meni saytimga yordam qilsang pul beramiz deb.Bu esa menga albatta minus. Dilshod boshqa saytda ishlasa men bilan ishlashga ulgurmaydi.Bu raqibdoshlarga katta yo’l deb o’ylayman. Sizlardan takliflarimga javobni kutaman. Oldindan katta rahmat!