Belgilar soni, yangi a'zolar
Tarjima qilingan matn hajmi rejadagidek bo'ldi. Kelib qo'shilgan yangi a'zolar 58 tani tashkil qildi.
PR
Darakchi uchun yozilgan reklama o'rnidagi maqolani saytning "Maqolalar" qismiga va Fikr.Uz hamjamiyatiga joylashtirib qo'ydim. Facebookning reklama tizimida Kutubxona 2.0 ning ikkita bannerini namoyish qildik. Ko'rsatishlar soni ko'p bo'lsa ham, o'tishlar kam bo'ldi (bu borada sir.uz yaxshiroq). Shunday bo'lsa ham, FBning o'zbekistonlik bir necha ming a'zosi bannerlarni ko'rdi, shu yo'nalishdagi sayt borligini bildi. Bundan tashqari, maqola anonslari har doimgidek ijtimoiy tarmoq saytlarida berib borildi. Vizitkalarni ham internetga kirib turadigan yoshlarga berib boryapman.
Dizayn
Sayt dizayniga ozroq o'zgartirishlar kiritib borishga harakat qildim. Jumladan, hozir boshqalariga qaraganda faolroq bo'lgan Texnologiyalar blogi uchun alohida dizayn tanlandi. "Salom sahifasi"ni ham update qilib borayapman. Hamjamiyatning umumiy ko'rinishi ham hozir boshqacha, soddaroq. Keyinroq uni ham yaxshilashga harakat qilaman.
Kontent
Ko'proq mobil texnologiyalar haqida xabarlar berib borildi. Bu oy esa O'zbekistonga bevosita aloqador mavzular - asosan o'zbek tilidagi saytlar haqida yozamiz. Darsxona blogimiz hozirhca kamroq yangilanadi - talabalarga maslahatlarni o'quv yiliga yaqin muddatda davom ettirish rejada bor.
Bloglardagi eski postlarning ayrimlari ochilmay qolgan ekan ("kechirasiz bunday sahifa yo'q" degan yashil harflar chiqadi). Buning uchun ularning tahririga kirib, qisqa adresni yangilab chiqishga to'g'ri keldi. Bunday qilmasak, saytimizni chuqurroq kavlagan foydalanuvchilar hafsalasi pir bo'lib chiqib ketishlari mumkin.
Shular hozircha.