CrawlCatcher
Сеть твоих интересов! Сообщайся!
Вы на сайте:
Senseti Inc.
   
Блоги

Belgilar soni, yangi a'zolar:

Oy davomida kelib qo’shilganlar soni 111 tani tashkil qildi (boshqa hamjamiyatlarga qo’shib a’zo bo’lganlar ham shu hisobda)

Tarjima qilingan va yozilgan matn hajmi 101.335 tani tashkiil qildi.  

PR:

 

Yozning chillasida saytimiz mehmonlari ham kamnamo bo’lib qolishdi. Ammo bundan tushkunlikka tushmasdan, bor vositalarni ishga solib, ularni jalb qilishga urindik. Sotsial tarmoqlarda va boshqa saytlarda o’zbek bloggerlari bilan muloqot qilib, postlarimizni ko’rsatishga harakat qildim. Ularning ayrim qiziqarli materiallarini o’zimizda chop etishga ruxsat so’rash bahonasida yoki Kutubxona 2.0 ga ssilka qo’shilgan sharhlar qoldirish yo’li bilan. “Kun tarixi” ruknini tashkil qilib, o’qilishi oson va qiziqarli bo’lgan qisqacha xabarlarni saytda hamda twitterda berib borayapman.  Google+ yangi sotsial tarmog’idagi profilimda ham bir necha yangi postlarni ko’rsatdim, xuddi shu ish Twitter va Uforumda davom ettirildi.

Berilgan topshiriqqa ko’ra, So’rovnoma savoli va unga bosh sahifada qo’shimcha link o’rnatildi. Ammo, afsuslar bo’lsinki, o’zim va Gulsumdan boshqa hech kim ovoz bermabdi. Bunda Shifomaniya muallifi aytib o’tganlari o’rinli deb bilaman. Bundan tashqari, regristratsiyasiz ovoz berishning iloji yo’q ekan. Haftalik so’rovlar haqidagi xabarni har oy jo’natib turiladigan ‘hamjamiyatga xabar’ga qo’shib qo’ymoqchiman.  

 

Kontent    

Ayniqsa Uforumning faol a’zolari O’zbekistonga aloqador postlarimizgga qiziqish bildirib, ularga munosabatlari ijobiy bo’lmoqda. Rejada ko’rsatilganidek, o’zbek tilidagi saytlarning bir nechta obzori va mamlakatimiz axborot va kutubxona olamidagi yangiliklar berib borildi. Shunday materiallar, ya’ni bevosita O’zbekistonga aloqador materiallar o’quvchilarga ko’proq qiziqarli bo’lishi sezildi.

 

Shunday bo'lsa ham, Darsxona blogini ham tashlab qo'ygim kelmadi va "A'lochilar uchun o'quv ko'nikmalari"ni tugatib yana ikkita kitobning tarjimasiga kirishdim: Un-Procrastination va  How To Study. Ular ham talabalar va umuman, o'z ustida ishlaydigan insonlar uchun foydali maslahatlarnio'z ichiga oladi. 

Imtihonlar topshirish sababi bilan hamjamiyatning ikkinchi muallifi bu oy hech narsa yoza olmadi. Ammo, uning qiziqishi so’nmagan va ishini davom ettiradi degan umiddaman.    

 

Muammolar

1) Jumboqli bir tarzda, matnning ayrim qatorlaridagi giperlinklar ko’rinmay qolayapti. Xuddi shu sabab bilan bosh sahifadagi SAYT MUNDARIJASIdagi 4.1 va 5.1 punktlar linksiz qolmoqda. Agar qo’shsangiz, o’sha qatordagi tekstning o’zi yo’qolib qoladi.

2) Matnlar redaktori ham injiq bo’lib qolgan: intervallar o’zgarib ketadi (masalan, ortiqcha bo'sh qatorlar paydo bo'ladi). Sal murakkabroq, suratga boyroq post qilaman desangiz ‘matnda xato bor’ degan xabar chiqadi.

3) Google Chrome bilan post yozish ham negadir juda noqulay, formatlash tugmachalarini ikki marotaba bosmasangiz ta'sir qilmayapti.

Bularning hammasi ko'ngilni xijil qilib, mualliflar vaqtini behuda kettirmoqda. Dasturchilar shu masalalarni yaqindan  qarab chiqishsa ajoyib ish bo'lardi. 


Тэги: uznet.biz 01.08.2011, 11:43
Просмотров: 399
 | 
 | 
     
 | 
Голосов: 0
 | 
Комментарии:
3 августа 2011 г. 10:36

Muammolarizni ko'rib chiqdik.

1) Sayt mundarejasiga 4.1 punktiga qo'ygan ssilkezda opostrov (') bo'lganligi uchun u ssilkani qabul qilmadi va undagi matnni ham yoqolishiga sabab bo'lgan.

2) redaktor masalasi injiqligini aniq bir misolda ko'rib chiqishimiz kere bo'ladi agar ya'na shu kabi vaziyatlar bo'lsa uni ssilkasini jonatsangiz dasturchilarimiz  ko'rib chiqishadi. Hozircha bizda bu kabi muammolar yo'q

3) Google Chrome sizning versiyangiz bo'yicha ko';rib chiqlvotti, Manimcha brauzerdagi qandaydir nosozliklar vujudga kelmoqda

5 августа 2011 г. 12:48

2) har holda menimcha matnlar redaktorini yaxshi ishlamayapti.. mana bu misolda ko'rib chiqadigan bo'lsak, abzatslar orasini ochib chiqishga (bitta bo'sh qator qoldirib) bir necha marta urinib ko'rdim, bo'lmadi.   

3 августа 2011 г. 11:29

Rahmat shularni aniqlashtirib berganingiz uchun ! 

Apostrof sababchi bo'lsa, xuddi teglar saytda ko'rsatilayapri muammosiz. Nimagadir o'sha yon kolonkada esa yo'q, 



Для добавления комментария, вам необходимо войти или зарегистрироваться
Request Time: 1.926s.